XORIJDA TA’LIM – ORZULARINGIZGA QADAM

Westbridge orqali dunyoning nufuzli universitetlarida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiriting

Ariza topshirish
Diploma Icon

Xalqaro diplom

Dunyo bo‘ylab tan olingan diplom bilan kelajak karyerangizni boshlang.

Diploma Icon

Amaliyot va ish

Ta’lim davomida xalqaro kompaniyalarda stajirovka va ish imkoniyati.

Diploma Icon

Til bilish

Ingliz, nemis va boshqa tillarni mukammal o‘rganish imkoniyati.

Chet elda o'qigandan nima foyda?

Chet elda ta’lim olish o‘zbek yoshlari uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Eng avvalo, xorijiy universitetlarda olingan diplom xalqaro miqyosda tan olinadi va bu kelajakda nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa mamlakatlarda ham yuqori malakali ish topish imkonini beradi. Shu bilan birga, talaba o‘qish davomida ingliz, nemis, koreys kabi xorijiy tillarni mukammal o‘rganib, turli millat vakillari bilan erkin muloqot qilish ko‘nikmasini rivojlantiradi.

Chet eldagi ta’lim jarayonida nafaqat nazariy bilim, balki amaliyot va stajirovka imkoniyatlari ham keng yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa talabaga o‘qish davridayoq o‘z sohasida tajriba orttirib, kelajakda raqobatbardosh mutaxassisga aylanishiga yordam beradi. Yana bir muhim jihati shundaki, xorijda o‘qish shaxsiy rivojlanish, mustaqil qaror qabul qilish, vaqtni to‘g‘ri boshqarish va mas’uliyatli bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantiradi.

Bundan tashqari, chet elda o‘qigan talaba dunyoning turli burchaklaridan kelgan do‘stlar va hamkorlar bilan tanishadi. Bu esa keyingi hayotida yangi imkoniyatlar, xalqaro hamkorlik va professional aloqalar uchun mustahkam poydevor yaratadi. Shu sababli chet elda ta’lim olish o‘zbek yoshlari uchun nafaqat bilim, balki kelajak hayotini butunlay o‘zgartiruvchi katta tajriba va imkoniyat manbai hisoblanadi.

Foundation

Foundation

Oliy ta’limga tayyorlov kurslari, 6–12 oy davomida.

Ko‘proq ma’lumot
Bachelor

Bachelor

Bakalavr dasturi – 3 yillik xalqaro ta’lim.

Ko‘proq ma’lumot
Master

Master

1–2 yillik magistratura dasturlari grant va chegirmalar bilan.

Ko‘proq ma’lumot
Til kurslari

Til kurslari

Nemis, ingliz va boshqa tillarda xalqaro sertifikat kurslari.

Ko‘proq ma’lumot

TALABALAR FIKRLARI

Farruxbek Muxitdinov

Oxford University dan barchaga Assalomu Aleykum, Westbridge Consulting jamoasiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Sababi ular murakkab vaziyatlar o'z professional yordamlarini berishdi. Buyuk Britaniyada o'qish niyatidagilar bo'lsa, albatta ushbu agentlikni tavsiya beraman.

Farruxbek Muxitdinov

Said Business School, University of Oxford

Jakhongir Siddikov

My name is Jakhongir and I am a student at De Montfort University, located in Leicester city. My aim is to study among the top 601-800 best universities in the world. With the help of Westbridge Consulting I got a 50% scholarship for my program. I want to thank the Westbridge Consulting team who helped me get a scholarship from the university and receive my UK visa. I highly recommend you work with Westbridge Consulting.

Jakhongir Siddikov

De Montfort University Student

Bakhodir Khimatillaev

Hi guys! In 2019 I got my bachelor's degree from MDIST university. I had the aim to start my master's degree in the UK. I found Westbridge Consulting as an agency that can help me with the best for correct choice. Apart from Westbridge Consulting helping me to get 4000 pounds scholarship from London South Bank University.

Bakhodir Khimatillaev

London South Bank University Student

KO'P BERILADIGAN SAVOLLAR

Bu birinchi navbatda qaysi davlatda o'qishingizga bog'liq. Masalan: Yevropada chet ellik talabalarga o'qish vaqtida, haftasiga 20 soat, ta'tilda esa 35-40 soat ishlashga ruxsat berilgan. Xitoy, Singapur va Malayziya kabi mamlakatlarda esa chet ellik talabalarga o'qish davrida ishlash qat'iyan man etiladi, ammo talabalar kampusda qo'shimcha pul ishlash imkoniyatiga ega.

Biz asosan Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada va Yevropaning boshqa davlatlari bilan ishlaymiz. To'liq ro'yxat va ma'lumotlar uchun menejerlarimiz bilan bog'laning.

Hech bir agentlik 100% viza kafolatini bera olmaydi, chunki yakuniy qarorni elchixona qabul qiladi. Lekin bizning tajribamiz va to'g'ri tayyorlangan hujjatlar to'plami viza olish imkoniyatingizni maksimal darajada oshiradi.

Ha, ba'zi universitetlar va dasturlar ichki imtihon yoki suhbat orqali qabul qilishadi. Shuningdek, Foundation kabi maxsus tayyorlov dasturlari mavjud. Sizning holatingizga mos variantlarni topish uchun biz bilan bog'laning.

Grantlar odatda talabaning akademik ko'rsatkichlari, til bilish darajasi va ijtimoiy faolligiga qarab beriladi. Biz sizga portfolio tayyorlash va grant dasturlariga ariza topshirishda yordam beramiz.